Aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari joylarda uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha Samarqand viloyatida tashkil etildi.
Unda Samarqand viloyati FVB tomonidan aholi va hududlarni muhofaza qilish funksiyasiga ega bo‘lgan tashkilot va idora xodimlari bilan hamkorlikda aholi yashash xonadonlari, korxona, tashkilot va ijtimoiy soha ob'ektlarida o‘rganish hamda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Bu boradagi amaliy harakatlar respublika bo‘ylab davom ettirilmoqda.