Mamlakatimizda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda. Bayram shukuhi hukmroknlik qilayotgan Qashqadaryo viloyatida ham sana munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 14-yanvar kuni bayram munosabati bilan, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari uzoq yillar davomida soha rivojiga beminnat hissasini qo‘shib kelgan fahriylar holidan xabar oldilar.
Uchrashuv davomida, fahriylar o‘zlari xizmat qilgan davrni eslar ekan, bugungi kunda Hukumat tomonidan sohaga qaratilayotgan e’tibor va olib borilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, boshqarma vakillari faxriylarni sana munosabati bilan samimiy qutlab, ularga qimmatbaho sovg`alarni taqdim etdilar.