FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Faxriylar doimo e'tirof va e'zozda

Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Unda urush hamda mehnat faxriylari, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, mamlakatimizning dorilomon kunlariga munosib hissa qo‘shgan bugungi kunda nafaqada yoki og‘ir xastalik tufayli betob bo‘lgan kishilarning holidan xabar olinmoqda.  

Mana shunday xayrli tadbirlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham tashkil etildi. Xususan, Navoiy, Namangan va Xorazm viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari rahbarlari ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari hamda vazirlik tizimida uzoq yillar davomida xizmat qilib, hozirgi kunda nafaqadagi fahriylar xonadoniga tashrif buyurdilar.Tadbirda ular kabi fidoyi insonlarga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Samimiy suhbatlar davomida urush yillarida xalqimiz ko‘rsatgan beqiyos qahramonliklar xotirlandi.Tashrif davomida faxriylarga moddiy va ma'naviy ko‘mak berildi.Bu kabi tadbirlarning respublikamizning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech