FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Faxriylarimiz bizning faxrimiz

Favqulodda vaziyatlar vazirligi  harbiy xizmatchilari va xizmatchilari bugungi tinch va farovon kunlarga erishishimizda katta yo‘qotishlar va qiyinchiliklarni ko‘rib urushida ishtirok etgan, jang maydonlarida fidoyilik, mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, shu orqali millatimizning buyukligini, sha’nini ulug‘lagan faxriylarimiz bilan faxrlanadilar.

Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun kurashgan, fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, tinchlik-osoyishtalik yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish maqsadida vazirlik xodimlari tomonidan turli uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech