Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
23 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbiy yo'nalishdan sharqiy yo'nalishga o'zgarib 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27 С iliq bo‘ladi.

Fevral-mart oylarida o'tkazilgan taktik maxsus o'quv mashlari

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2018 yil 8 yanvardagi «Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2017 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2018 yildagi vazifalar to‘g‘risida»gi 1-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, fevral-mart oylari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish Davlat tizimi hududiy quyi tizimlari kuch-vositalarining hamkorlikdagi harakatlari» mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan ko‘rgazmali o‘quv mashqlarida Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat veterinariya qo‘mitasining hududiy xizmatlari hamda mahalliy hokimiyat organlarining obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari ishtirok etdilar. O‘quv mashqlari davomida mas’ul xizmatlarning quturish kasalligi profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida olib borayotgan sanitar-targ‘ibot ishlari hamda favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishda FVDTning hamkorlikdagi harakatlarini baholash ishlari amalga oshirildi.

O‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlarida jami 2910 nafar shaxsiy tarkib ishtirok etdi va 177 maxsus texnikalar jalb etildi. Bundan tashqari, o‘quv mashqlari davomida ishtirokchilar va aholi xonadonlariga 16500 tadan ortiq quturish kasalligiga qarshi kurashish profilaktikasiga bag‘ishlangan eslatma va bukletlar tarqatildi.

Shuningdek o‘quv mashqlari davomida 67,5 mingga yaqin itlar quturish kasalligiga qarshi emlandi. Bundan tashqari, mas’ul xizmatlar xodimlari tomonidan 150 dan ortiq o‘quv seminarlari hamda uyma-uy yurish orqali
265 ming xonadonlarda targ‘ibot-tushintirish tadbirlari olib borildi.

Soha mutaxassislari tomonidan aksariyat hollarda mamlakatimizda fuqarolar tomonidan uy hayvonlari, it va mushuklarni saqlash qoidalarining buzilishi natijasida odamlar va hayvonlar quturish kasalligi viruslari bilan zararlanayotganligi takidlanmoqda.

Quturish kasalligi bilan bog‘liq holatar asosan, yosh bolalar va kattalar qarovsiz qolgan hayvonlardan jarohatlanganda o‘z vaqtida tibbiy muassasalarga va antirabik yordamga murojaat qilmasliklari, shuningdek, shahar va tumanlardagi obodonlashtirish boshqarmalaridagi qarovsiz hayvonlarni tutish bo‘limlari tomonidan qarovsiz hayvonlarni ushlash tadbirlari etarli darajada tashkil etilmaganligi oqibatida yuzaga kelayotganligini alohida ta’kidlash joiz.

Hozirgi kunga qadar quturish kasalligiga dori-darmon va unga qarshi davolash usullari aniqlanmagan. Ushbu kasallikka qarshi kurashishning yagona usuli, faqat o‘z vaqtida to‘liq antirabik yordam olishdir.

Yodda tuting!

Quturish – davolab bo‘lmaydigan kasallik bo‘lib, unga qarshi nafaqat mas’ul xizmatlar mutaxassislari, balki, keng jamoatchilik kurashishi zarur. Mana shu kurashish usullari orqali davolab bo‘lmas ofatdan o‘z yaqinlarimizni va vatandoshlarimizni himoya qilishimiz mumkin.

O'xshash yangiliklar

Maxsus xabarnoma

Fargona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan malumotga asosan, 2018 yil 22 sentyabr kuni soat 06:00larda Oltiariq tumani Belariq MFY hududidan otuvchi PK- 51.2 Navbahor Uch uy Olti…

Maxsus xabarnoma

Avval habar berganimizdek, Buxoro viloyati Kogon shaxrida sodir bolgan kongilsizlik oqibatida jabrlangan va halok bolgan shaxslarning royhati. Vafot etgan fuqarolar: Xilola Jumaeva, 1982 y.t. Ergashe…

MAXSUS XABARNOMA

Joriy yilning 18 sentyabr kuni ertalab soat 08:30larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan otuvchi Buxoro-Qorovulbozor magistral yolida 26 nafar yolovchisi bolgan avtobusining metan gaz baloni por…

Axborot xabarnomasi

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi malumotiga kora 2018 yil 15 sentyabr kuni soat 00:40 da Sankt-Peterburg shahri Nevskiy rayoni Gluxoozyorsk kochasi 11 uydagi angarda yongin sodir …

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech