2018 yilning 29-30 may kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida Fransiyaning Ichki ishlar vazirligi Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish Bosh direksiyasi ekspertlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholi xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Fransiyaning favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tizimi, ko‘ngilli va professional qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish uslublari bilan yaqindan tanishdilar.
Fuqaro muhofazasi instituti