Joriy yilning 27 sentabr kuni Fuqaro muhofazasi institutida “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya, Mudofaa, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Suv xo‘jaligi, Transport va Energetika vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zgidromet” markazi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Seminarda respublika hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish va aholini to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishda mavjud muammolar, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalarni muhokama qilindi hamda ularni samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.