Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Fuqaro muhofazasi institutida  Mirzo-Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi kursantlari tayyorgarlikdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining tegishli qaroriga asosan, aholini barcha qatlamini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash belgilangan.

Ana shu maqsadda joriy yilning 17 noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida O‘zbekiston Milliy universiteti harbiy tayyorgarlik o‘quv markazining kursantlari bilan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Unda turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari keng qo‘llanilgan innovatsion interektiv sinflarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Kursantlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda mustahkamlab oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech