Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Fuqaro muhofazasi institutida oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi

Xabaringiz bor, respublikamiz boʻylab 1-martdan 1-aprelga qadar “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o'tkazilmoqda. Tadbir doirasida FVV Akademiyasi tomonidan Sergeli tumanidagi 317-sonli maktab o‘quvchilari uchun Fuqaro muhofazasi Instituti simulyatsiya markaziga ekskursiya tashkil etildi. Unda turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari keng qo‘llanilgan innovatsion interektiv 3D sinf xonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. O‘quvchilar  favqulodda vaziyat ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy harakatlar orqali mustahkamlab oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech