Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Fuqaro muhofazasi institutida “Quvnoq startlar” musobaqasi o‘tkazildi

O‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yurtga bo‘lgan sadoqatini shakllantirishda oilaning o‘rni beqiyos albatta. 2017 yilning 6 yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “14 yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan tashkil etilgan «Quvnoq startlar» oilaviy sport musobaqasi ayni mana shunday ezgu maqsadlarga bag‘ishlandi. Unda vazirlik markaziy apparati, Toshkent shahar, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Fuqaro muhofazasi instituti, Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi harbiy xizmatchilari, xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etishdi

Mazkur tadbirni vazir o‘rinbosari Soxib Qudratov tantanali ochib berdi. Shunday so‘ng, jamoalar sport zalga saflandilar va bellashuv boshlandi. Musobaqa 3 bosqichda o‘tkazilib, ishtirokchilar yugurish, savatga to‘pni uloqtirish va boshqa turdagi jismoniy sinovlardan o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. Ularning harakatlari malakali hakamlar tomonidan baholanib borildi.

Bellashuv yakuni bo‘yicha 1-o‘rinni Safoyevlar oilasi, 2-o‘rinni Kurdanovlar oilasi, 3-o‘rinni esa Kambarovlar oilasi egalladi. Shuningdek, g‘oliblarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech