Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
19-aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, joylarda kuchli yomg'ir yog'ib momoqaldiroq bo'lishi mumkin. Faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat)dan 15-20 m/s (54-72km/soat) tezlikgacha esadi. Harorat 17-22C iliq bo'ladi.

Fuqaro muhofazasi institutida “Sel-toshqin va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalarida innovatsion yondashuvlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri - Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining  2019 yil 12 yanvardagi “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2018 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2019 yildagi vazifalar to‘g‘risi”dagi 1-sonli buyrug‘iga asosan, joriy yil 30 mart kuni Fuqaro muhofazasi institutida Sel-toshqin va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalarida innovatsion yondashuvlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi PQ-585-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi “2014-2016 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 13-sonli qarorlari hamda respublika aholisi va hududlarini sel oqimlari, suv toshqinlari va er ko‘chkisi hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi muammolarni ilmiy jihatdan tadqiq qilish va ular asosida aniq takliflar ishlab chiqish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarini sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, kelgusida erishilgan fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanish ishlarini amalga oshirishga qaratildi.

Hozirgi kunda respublikamizda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va er ko‘chki xodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish, xavfli gidrometeorologiya va geologiya xodisalari bilan bog‘liq favqulotda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga keladigan noxush holatlarda to‘g‘ri harakat qilishga qaratilmoqda.

Respublika hududida joylashgan suv omborlarni bahor va yoz mavsumlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshqin suvlari va sel oqimlarini betalofat qabul qilish
va o‘tkazib yuborishga tayyorgarligi hamda ularning texnik holati taalluqli vazirlik va idoralar mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Viloyatlarda gidrotexnika inshootlari (to‘g‘onlar, dambalar, kanallar, sel suvlari yig‘iladigan omborlar, sel traktlari), shuningdek respublikaning umumiy foydalanishdagi ko‘priklari hamda daryo va soylarning o‘zanlarini xavfli uchastkalarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Bulardan tashqari, tog‘li hududlarda yashovchi aholi o‘rtasida sel-toshqinlar va er ko‘chkisi hodisalari xavfi yuzaga kelgan taqdirda to‘g‘ri xarakat qilish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Respublikamizdagi sel-toshqin va ko‘chki bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish yo‘llari borasida qilingan ishlarni muhokama qilish va qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish  bo‘yicha  taklif va  xulosalar berildi.

Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta ta’lim, Innovatsion rivojlanish, Qurilish vazirliklari va tegishli qo‘mitalar, vazirliklar qoshidagi tashkilot, institut, ilmiy-tadqiqot institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

O'xshash yangiliklar

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech