Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
10 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, joylarda yogingarchilik. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm, Buxoro, navoiy viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 5-10 C iliq bo'ladi.

Fuqaro muhofazasi institutida seminar-yig‘ilish o‘tkazildi

Jahon tajribasidan ma’lumki, favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishdan ko‘ra, ularning oldini olgan afzal. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish - aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favaqulodda vaziyatlar oqibatlarini kamaytirish va ular sodir bo‘lganda to‘g‘ri xarakat qilishga o‘rgatish, oldindan moddiy va moliyaviy resurslar zahirasini yaratish hamda tegishli profilaktik tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Aynan shu maqsadda, 26 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutida “Iqtisodiyot ob’ektlarida fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonunlari talablari ijrosini ta’minlash, iqtisodiyot ob’ektlarda fuqaro muhofazasini tuzilmalarini tashkil etish va ular tomonidan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida olib borilgan tadbirlar, shuningdek yuzaga kelgan ayrim muammolar va ularni bartaraf etishdagi ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

Seminar ko‘rgazmali tarzda o‘tkazilib, tadbirga o‘z tarkibida toifalangan obektlari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarning hamda iqtisodiyot ob’ektlarning fuqaro muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlari qatnashdi.

Seminar ikki qismda tashkil etilib, nazariy qismda iqtisodiyot ob’ektlarda fuqaro muhofazasining nazariy asoslari, fuqaro muhofazasi sohasidagi hujjatlarni ishlab chiqish va ularning amalda ijrosi, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Amaliy qismda esa ob’ektda fuqaro muhofazasi tuzilmasini tashkil etish tartibi va  shaxsiy tarkibining saf ko‘rigi, asbob-anjomlar bilan ta’minlanganligi ko‘rsatib berildi.

Bundan tashqari, Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash jarayonining uzuluksizligini ta’minlash maqsadida,  fuqaro muhofazasi o‘quv sinfini jihozlanishi va ishchi va xizmatchilarni 15 soatli dastur asosida tayyorgarlikdan o‘tkazish tartibi ko‘rsatib berildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassilar tomonidan atroflicha javoblar olishdi.

FVV Matbuot hizmati

O'xshash yangiliklar

O‘z vaqtida amaliy yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 9 iyun kuni soat 21:00 larda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatining 1050 tezkor raqamiga, Buxoro shaharida yashovchi fuqaro M. D. tomonidan…

BRIFING O‘TKAZILDI

2018 yil 31-may kuni Ozbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2018 yilda sel-toshqin va kochki hodisalari bilan bogliq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlar…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech