O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininng 2019-yil 9-sentyabrdagi “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 754-sonli qaroriga asosan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash belgilangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiya huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida 2022-yil 17-may kuni “Maxsustrans” ATF rahbarlari va rahbar o‘rinbosarlari toifasadagi tinglovchilar bilan “Turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari keng qo‘llanilgan innovatsion interektiv 3D xonalarida amaliy mashg‘ular o‘tkazildi.