FVV ogohlantiradi:
25 fevral kuni ob-havo o'zgaruvchan,yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushushi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/c (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 15-20*C iliq bo'ladi.

Fuqaro muhofazasi institutidagi innovatsion ishlar

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv-uslubiy mahsulotlar favqulodda vaziyatlarda insonlarni himoya qilish va majmualar xavfsizligini ta’minlash xizmatlarining resurs- ishlab chiqarish salohiyatini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutida, ilmiy bo‘lim boshlig‘i, texnika fanlari doktori, professor Baxtiyor Abdugafurovich Mavlyankariev rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan yangi avlod o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari tayyorlandi.

Joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan, “Xavfsizlikning kompleks tizimlari” elektron o‘quv qo‘llanma va “Murakkab obyektlarni ilmiy-texnik ta’minoti: bilimning ekspert tizimini uslubiy kompleksini  shakllantirish” - elektron uslubiy qo‘llanmalariga 2 ta mualliflik guvohnomalari topshirildi.

O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi hamda Yong‘in xavfsizligi institutlarining uslubiy jamg‘armalari to‘ldirishida, mutaxassislarga chet el kapitalidan foydalangan holda, obyektlarni qurish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishda va ularni xavfsizligini ta’minlashning uslubiy imkoniyatlarini kengaytiradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech