FVV ogohlantiradi:
3 dekabr ob-havo o'zgaruvchan, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarida mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Respublikamizning boshqa hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2*S sovuq - 3*S iliq, kunduzi 5–10*S iliq bo'ladi.

Fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligida Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi videokonferensiya shaklida o‘tkazildi.

Tadbirda Idoralararo kengash a'zolari, ekspertlar va vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.

 

Yig‘ilish kun tartibida Idoralararo kengashning 2020 yildagi faoliyati tahlili va 2021 yil ish rejasiga asosan amalga oshiriladigan tadbirlari muhokamasi, Idoralararo kengash Nizomiga va a'zolari tarkibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash, Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining “Mintaqaviy miqyosda kuchli zilzilalarning talofatlarini tezkor baholash dasturi “SeismicRiskAssessment” ni FVV tizimida amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama etildi.

Yig‘ilishda ishtirokchilar tomonidan Idoralararo kengashning  2020 yildagi faoliyati aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fan va texnologiyalarni, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini sohaga tatbiq etish, sohaga oid muammolarni ilmiy yechimini topish, aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi tadbirlarning samaradorligini yanada oshirishga qaratilganligi aytildi.

Xususan, 2020 yilning shu kuniga qadar 4 ta ilmiy-tadqiqot ishi natijasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi amaliy faoliyatiga tatbiq etildi. Vazirlik tizimida Innovasion rivojlanish vazirligining grant mablag‘lari asosida umumiy qiymati 2,4 mlrd. so‘mlik 3 ta ilmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha ilmiy-innovasion tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Yig‘ilish baxs-munozaralarga boy, konstruktiv tarzda o‘tkazilib, ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha Idoralararo kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech