Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Fuqaro quduqdan chiqarib olindi

Kecha, 16 fevral kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent tumani S.Rahimov jamoa xo‘jaligi Shermatov ko‘chasi 62-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Q.B.ning quduq ichiga tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Aniqlanishicha, hodisa Chirchiq shahrida joylashgan “Faxriy Baraka Servis” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli 18-dala hovlida fuqaro quduqdan suv chiqarish maqsadida, unga tushayotgan vaqtida oyog‘i sirpanib ketganligi tufayli sodir bo‘lgan. Oqibatda uning oyog‘i sinib, yuqoriga qaytib chiqa olmagan.

Murojaat yuzasidan qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro Q.B. quduq ichidan olib chiqilib, tez-tibbiy yordam xizmatiga topshirilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech