Joriy yilning 3 dekabr kunida Buxoro viloyati FVB tezkor navbatchisi qismiga Buxoro shahridagi Al Somiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.SH. uy ichida 7 yoshlik qizi qulflanib qolganligini aytib amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.
Mazkur murojaat yuzasidan boshqarmaning qutqaruv otryadi zudlik bilan belgilangan manzilga etib borishib maxsus texnikalar yordamida yopilib qolgan honadon eshigini ochishdi va olib borilgan tezkor harakatlar natijasida uy ichida qolib ketgan fuqaro sog‘-salomat ota onasiga topshirildi. Bu orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatning oldi olindi.
FVV Matbuot xizmati