Kuni kecha Xorazm viloyati Xiva shahrida sportning Armrestling turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bellashuvda respublikamizning barcha hududlaridan 200 dan ortiq sportchi o‘zaro kuch sinashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda FVV Akademiyasi 4-bosqich kursanti Hurmatillo Madazimov 75 kg vazn toifasida ishtirok etib, o‘ng qo‘l bilan bitta oltin va chap qo‘l bilan bitta bronza medallarini qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.
Yakunda sovrindorlar, tashkilotchilar tomonidan diplom, medal' va qimatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.