Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV AKADEMIYASI KURSANTLARI YUGURISH MARAFONIDA MUNOSIB ISHTIROK ETDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek, «Vatanparvarlik oyligi» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy va sport vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida sportni, ayniqsa, yengil atletika – yugurish turini yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish maqsadida 10 km masofaga yugurish marofoni o‘tkazildi.
Musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va bir qator vazirlik va Oliy o‘quv yurtlari terma jamoalari ishtirok etdi.
Qiziqarli bo‘lgan musobaqada harbiy ta’lim muassasalari tinglovchi va kursantlari va yoshlarni ommaviy sport turlariga jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va turli yod g‘oyalardan asrash, Ona Vatanimizga sadoqatli bo‘lish bilan birga mehr-muhabbatli bo‘lish, qolaversa, o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik, birdamlik va sportni ularning tengdoshlari hayotining bir bo‘lagiga aylantirish maqsad qilingan ushbu sport marafonida 50 nafardan ortiq FVV xodimlari va Akademiya kursantlaridan tarkib topgan terma jamoamiz vakillari ham munosib ishtirok etdilar.
Musobaqa so‘ngida faxrli o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech