FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

 FVV AKADEMIYASI KURSANTLARI XALQARO MUSOBAQADA MUNOSIB ISHTIROK ETDILAR

Belarus Respublikasi FVV Fuqaro muhofazasi universitetining taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kursantlaridan iborat terma jamoa joriy yilning 31 mart – 4 aprel' kunlari mazkur Universitetda “Ta'lim muassasalarida yong‘in-qutqaruv sportining rivojlanishi” mavzusida o‘tkazilgan I Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar. Ilmiy-amaliy konferensiyani Belarus' Respublikasi Yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar xalqaro sport Federatsiyasining vise-prezidenti, Yong‘in-qutqaruv sporti Federatsiyasining Ijro qo‘mitasi raisi Vashenko Vladimir Aleksandrovich ochib berdi. 

Shundan so‘ng Fuqaro muhofazasi universiteti boshlig‘i polkovnik texnika fanlari nomzodi, dosent Polevoda Ivan Ivanovich mehmonlarning tashrifi bilan qutlab, “Ta'lim muassasalarida yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish” mavzusida nutq so‘zladi.  

O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi O‘quv yong‘in-qutqaruv qismi smena boshlig‘i podpolkovnik Umidjon Bolibekov “Ta'lim muassasalarida yong‘in-qutqaruv sportini tashkil etishning nazariy asoslari” mavzusida o‘z ma'ruzasi bilan chiqish qildi.

Shuningdek, konferensiyada Rossiya Federatsiyasi FVV Sankt-Peterburg Davlat yong‘inga qarshi xizmati universiteti Yong‘in, avariya-qutqaruv texnikasi va avtomobil' xo‘jaligi kafedrasining professori, texnika fanlari doktori V.Lojkin, Belarus' Respublikasi FVV Fuqaro muhofazasi universiteti xodimlari Yu.Dubovik, I.Rad'kov va Belarus' davlat jismoniy madaniyat universiteti Qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti xodimi A.Mayseychiklar ham o‘z nutqlari bilan ishtirok etdilar.

Qiziqarli tomoni mazkur konferensiya doirasida ilk bor yangi “Yong‘in-qutqaruv sporti” nomi ostida tashkil etilgan Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Turnirda Belarus' Respublikasi FVV Fuqaro muhofazasi universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasining kursantlaridan iborat terma jamoalar “Yong‘in-qutqaruv sporti”ning jami 4 ta turi - “Ishg‘ol qilish narvoni yordamida O‘quv minorasining 2 va 4-qavatlariga ko‘tarilish”, “4x100 metr masofada estafetali yugurish”, “100 metr masofaga to‘siqlar osha yugurish”, “Janogovar yoyilish” bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Belarus Respublikasi FVV Fuqaro muhofazasi universitetida “Yong‘in-qutqaruv sporti” bo‘yicha tashkil etilgan Xalqaro turnirda O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasining terma jamoasi umumjamoa hisobida 3 – o‘rinni egalladi. 

Belarus Respublikasi FVV Fuqaro muhofazasi universiteti rahbariyatining alohida tadbirlar rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasidan tashrif buyurgan kursantlarga universitetda kursant va tinglovchilarning ta'lim olishlari, sport bilan shug‘ullanishlari hamda madaniy hordiq chiqarishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma'lumot berish uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etdi. Ekskursiyaga  universitet boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ichki xizmat polkovnigi Igor' Rad'kov rahbarlik qildi. Shuningdek, Universitetning Xalqaro hamkorlik sektori boshlig‘i katta leytenant Nikolay Oleysyuk Akademiya delegasiyasini Belarus' Respublikasi FVV Xavfsizlik markazining faoliyati, markazda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish yuzasidan tashkil etilgan simulyatorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.O‘tkazilgan do‘stona musobaqa va samimiy muloqotlar kursantlar qalbida chuqur iz qoldirib, kasbiga bo‘lgan sadoqatini oshirishi, kelgusida favqulodda vaziyatlarni barataraf etishga, jismoniy va yuridik shaxslarning hayotini, sog‘lig‘ini va mol-mulkini turli tabiiy hamda texnogen tusdagi ofatlardan asrashga xizmat qilishi shubhasiz, albatta.

Musobaqa yakunida tashkilotchilar 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan terma jamoalarga diplom, medal va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

                                    Sohib SULTONOV,

 FVV Akademiya Xalqaro hamkorlik bo‘linmasi boshlig‘i, mayor.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech