Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV Akademiyasi xodimlari xalqaro turnir g‘olibi va sovrindorlari bo‘ldi

Bugungi kunda yurtimizda sportni targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 19-iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Amirsoy Resort" dam olish maskanida "Befit Race" xalqaro turnir musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro turnir maqomida o‘tgan mazkur start o‘zida 7 mamlakatdan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq sportchilarni jamladi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi xodimlari ham ushbu musobaqada munosib ishtirok etdi.

Mazkur musobaqada havaskor va professional atletlar o‘z yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Ishtirokchilar 5 va 8 km masofadan iborat trassada bir-biridan qiziqarli va murakkab mashqlarni shijoat va katta qiziqish bilan mohirona bajardilar. 5 km masofadan iborat trassada “Sprint men” yo‘nalishida 13 ta murakkab to‘siqlarni bosib o‘tgan FVV Akademiyasi harbiy xizmatchilari katta leytenant Rustam Choriev faxrli birinchi o‘rinni, leytenant Javlon Yaxshiboev ikkinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech