Joriy yilning 27-30 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti 2020/2022 o‘quv yilida “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Fuqaro muhofazasi instituti magistrantlari 2 yil o‘qish mobaynida o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari, vazirlik miqyosida, respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtiroklari, amalga oshirib kelgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini magistrlik dissertatsiyasiga jamlagan holda, himoyaga olib chiqishdi.
Magistrlik dissertatsiyasi himoyalari bo‘yicha Fuqaro muhofazasi institutida davlat attestatsiya komissiyasi tuzilib, uning tarkibiga respublikadagi sohaviy oliy ta’lim muassasalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamda Fuqaro muhofazasi instituti professor-o‘qituvchilari kiritilgan.
Magistratura bosqichi tinglovchilari dissertatsiya ishining maqsad va vazifalari, erishilgan ilmiy va amaliy natijalari va ularni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha ilmiy xulosalarini davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga har tomonlama tushuntirib berishdi. Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari magitsratura tinglovchilarining ilmiy ishlarini baholab, tegishli xulosalar taqdim etishdi.