FVV ogohlantiradi:
27-oktyabr kuni ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

FVV delegatsiyasi Isroil Davlatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi “Matael Group” kompaniyasining taklifiga asosan yong‘in xavfsizligiga ixtisoslashgan tashkilot va muassasalari bilan tajriba almashish uchun Isroil Davlatiga tashrif buyurdi.
Safar davomida delegatsiya vakillari Isroil Sanoatchilar Uyushmasida (Manufacturers Association of Israel) bo‘lib, u yerdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasidagi innovatsion ishlanmalari, xususan, “Opgal” kompaniyasining gaz sizib chiqishini aniqlovchi termal tasvirlash tizimlari, “SAN” kompaniyasining portativ gidravlik va elektrogidravlik vositalari bilan tanishdilar.
Shuningdek, o‘zbekistonlik delegatsiya a'zolari uchun Isroildagi yong‘indan xabar berish moslamalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "MTECH Fire Detection Systems LTD" bazasiga tashrif uyushtirildi.
Shu bilan birga sohaga doir boshqa faoliyat turlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech