FVV ogohlantiradi:
24 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Havo harorati 22-27*S iliq bo'ladi.

FVV Markaziy apparati hamda hududiy tuzilmalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Xususan:


polkovnik Qilichov Zulfiqor Pardakulievich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta'minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi Radiasion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Favqulodda vaziyatlar vazirligi Safarbarlik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan;

 

 Qilichov Zulfiqor 


polkovnik Azizov Fayzullo Abdullaevich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu kunga qadar polkovnik F.Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika moddiy-texnik ta'minot markazi boshlig‘ining o‘rinbosari - Ta'minot bazasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan;

                                                                                                   

Azizov Fayzullo


podpolkovnik Sadirov Xurshid Ergashevich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tashkiliy-tahlil boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i vazifasida xizmat qilgan;

 Sadirov Xurshid


polkovnik Abduxalikov Abdurazzoq Abdumutalipovich Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U hozirgi kunga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan;

 Abduxalikov Abdurazzok


Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati va shaxsiy tarkibi yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan xodimlarni samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi xizmat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech