FVV ogohlantiradi:
15 aprel kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 20-25*S iliq bo'ladi.

FVV Markaziy apparatida “Yosh umringni panjara ortida xazon qilma!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yosh huquqshunoslar Kengashi tashkilotchiligida “Yosh umringni panjara ortida xazon qilma!” loyihasi doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda yosh huquqshunoslar Kengashi raisi Tursunmetova Go‘zal Abdusamatovna, “Muqimiy” teatri aktrisasi - Maxsuda Otajonova hamda psixolog Ma'ruf Kubaevlar tomonidan “Yosh umringni panjara ortida xazon qilma!” loyihasini tashkil etish yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berib o‘tildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech