Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV ogohlantiradi

Gidrometeorologiya xizmatining bergan ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1-2 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetadi. Shuningdek, 30 aprel-3 may kunlari kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor.
Shu munosabat bilan ehtiyot choralarini ko‘rishingizni hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, “1050” qisqa raqamga murojaat etishingizni so‘raymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech