Elektr energiyasi tarmoqlarida ro‘y bergan uzilishlar sababli “Qamchiq” dovonidagi “Rezak” va “Qamchiq” avtoyo‘l tunellarida yoritish tizimlari o‘chib qolgan. FVV “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda tunellarda yoritish ishlarini tashkillashtirib, 2300 dan ortiq yengil va yuk avtomobillarning xafvsiz harakati ta'minlandi. Hozirda “Qamchiq” dovon yo‘lida elektr energiya ta'minoti tiklangan.
FVV “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda
- Qo'shildi: 26.01.2022
- Chop etish
- Ko'rishlar: 522