Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari Angrendagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishdi

Bugun, 5 avgust kuni, ertalab soat 09:00 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Angren shahri 5/1 dahasida joylashgan to‘qqiz qavatli uyning 6-qavatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga besh daqiqa ichida yetib kelishdi. Qutqaruvchilar tomonidan yong‘inni o‘chirish bilan bir vaqtda binoning yuqori qavatidagi fuqarolarni evakuasiya qilish ishlari ham amalga oshirildi. 

Bir necha daqiqa ichida 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yong‘in soat 09:38 da to‘liq bartaraf etilgan.  FVV xodimlarining aniq va tezkor harakatlari natijasida jabrlanish va xalok bo‘lish xolatlariga yo‘l qo‘yilmadi. 

Yong‘in oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan.   Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech