Hodisa, 26 dekabr kuni Vobkent tumani “Nayman” mahallasida sodir bo‘lgan. “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida “Shoxrud” suv kanaliga tushib ketgan. Mashina kanalga tushishidan oldin haydovchi salondan sakrab qolganligi uchun tan jarohati olish va xalok bo‘lish xolati yuz bermagan. Voqea joyiga zudlik bilan FVVning viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yetib kelgan. Bir soat davomida g‘avvoslar va maxsus texnika yordamida avtomashina kanaldan olib chiqildi.
FVV Matbuot xizmati