Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari halqaro chempionatda muvofaqiyatli qatnashdilar

Rossiya federatsiyasining Irkutsk oblastida o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchlarning birinchi halqaro ko‘pkurash chempionati o‘tkazildi.  Unda 39 ta jamoa o‘zaro bellashdi.

Musobaqaning tantanli ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasining Favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimr Puchkov va Irkutsk oblasti gubernatori Sergey Levchinko qatnashdi.

Xalqaro musobaqa rejasiga muvofiq Rossiyaning turli hududlaridan, shuningdek, O‘zbekistondan tayyorgarlikdan o‘tgan gruhlar etib kelishdi. Ishtirokchi jamoalar musobaqaning turli yo‘nalishlarida bellashdilar.

Qur’a tashlash natijasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi jamoasi oltinchi bosqichda Xabarovsk o‘lkasi FVV bosh boshqarmasi, Rossiya FVV Tuva Respublikasi bosh boshqarmasi hamda “Baykal qidiruv-qutqaruv otryadi” komandalari bilan bellashdi, ushbu bosqichda O‘zbekiston Respublikasi komandasi finishga birinchi bo‘lib etib keldi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi jamoasi Xalqaro maydonda chempionlikni qo‘lga kiritgan Irkutsk viloyati FVV Bosh boshqarmasidan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech