Hodisa bugun, 16 noyabr kuni soat 10:45 da Jizzax shahrida sodir bo‘lgan. "Sharof Rashidov" ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan yuk mashinasida to‘satdan yong‘in kelib chiqqan. Aniqlanishicha, yong‘in dvigatel bo‘linmasidan boshlangan. Yuk mashinasi haydovchisi yonayotgan mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. 2 daqiqadan so‘ng voqea joyiga FVVning viloyat boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelib, 10 daqiqa ichida yong‘inni to‘liq bartaraf etdilar. Ushbu hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.
FVV qutqaruvchilari Jizzaxda yonayotgan yuk mashinani o‘chirdilar
- Qo'shildi: 16.11.2020
- Chop etish
- Ko'rishlar: 401