FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

FVV QUTQARUVCHILARI PARKENT TUMANIDA SUV SISTERNASI YОRILISHI OQIBATLARINI BARTARAF ETMOQDA: TAN JAROHATI OLGANLAR YO‘Q

Hodisa bugun, ertalab soat 04:30 da Toshkent viloyati Parkent tumani hududidagi hovlilardan birida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu sesternada sig‘imi 2 ming kubometr suv bo‘lgan. Buning oqibatida holat yuz bergan joy yaqinida joylashgan 8 ta dala hovlilarga qisman zarar yetgan. Yuzaga kelgan vaziyatda jabrlangan va vafot etganlar aniqlanmagan. Ayni daqiqalarda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyida xonadonlardan suv tortish ishlarini olib bormoqdalar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech