Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida ikki yuk mashinasi bilan bog‘liq YTH oqibatlarini bartaraf etdilar

Hodisa bugun, 2-dekabr kuni soat 15:35 da “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 273-kilometrida sodir bo‘lgan. Avtomobil yo‘lining ushbu qismi “Qamchiq” dovoniga to‘g‘ri keladi. 10 tonna guruch ortilgan “Isuzu” rusumli avtomashina yog‘och qirindisi olib ketayotgan shu rusumdagi boshqa yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

To‘qnashuv natijasida yog‘och qirindisi ortilgan avtomobil yon tomoniga ag‘darilgan. Ikkala transport vositasining haydovchilari turli darajada yengil tan jarohatlari olgan bo‘lib, ularga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Voqea joyiga FVVning “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tezkorlik bilan yetib kelib, YTH oqibatlarini o‘z vaqtida bartaraf etdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech