Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida yonib ketgan yoqilg‘i  tashuvchi yuk mashinasini zudlik bilan o‘chirishdi

Bugun soat 14:25 da Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil' yo‘li “Qamchiq” dovonining 260-kilometrida Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasida (benzovoz) yong‘in kelib chiqqan. Mazkur holat yuk mashina haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan joyga FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilar yonib ketgan yuk mashinasini tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘ldilar. Afsuski, ushbu hodisa natijasida yoqilg‘i quyish mashinasining salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech