FVV ogohlantiradi:
20 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 22-27*S gacha iliq bo'ladi.

FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida YTH oqibatida paydo bo‘lgan yong‘inni bartaraf etdilar

Hodisa bugun, 8 iyul kuni ertalab soat 07:00 lar atrofida, “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil' yo‘lining 242-kilometrida sodir bo‘lgan. “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanayotgan paxta tolasi ortilgan yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotiish natijasida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. Oqibatda yuk mashinasi yonib ketgan.  Quvonarlisi, mashina haydovchisi salondan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan va shu sababli jiddiy jarohat olmagan. FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, bir necha daqiqada yong‘inni bartaraf etdilar. FVV qutqaruvchilarining tezkor harakatlari natijasida mashinaga ortilgan yuklarning katta qismi yong‘indan saqlanib qolingan. Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech