Hodisa bugun, 19 noyabrga o‘tar kechasi “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil' yo‘lining 260-kilometrida sodir bo‘lgan. E'tiborlisi, avtomobil' yo‘lining ushbu qismi “Qamchiq” dovoniga to‘g‘ri keladi. “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotib, oldinda harakatlanib ketayotgan boshqa bir yuk avtomashinasiga borib urilgan. Zarba natijasida haydovchi avtomashina salonida qisilib qolgan. FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, bir necha daqiqada haydovchini maxsus gidravlik asbob-anjomlar yordamida salondan chiqarib oldi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchiga jiddiy shikast yetmagan, hozirda uning sog‘lig‘i yaxshi.
FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida YTHga uchragan haydovchiga yordam ko‘rsatdi
- Qo'shildi: 19.11.2021
- Chop etish
- Ko'rishlar: 7771