FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida YTHga uchragan yuk mashina haydovchisiga yordam ko‘rsatdilar

Hodisa bugun erta tongda, “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 196-kilometrida sodir bo‘lgan. "MAN" yuk mashinasi haydovchisi Farg‘onaga propan ortilgan 24 tonnalik sisternani olib ketayotgan vaqtda, boshqaruvni yo‘qotib, yon tomonga ag‘darilib ketgan. Holat yuzasidan voqea joyiga 10 daqiqa ichida Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruv guruhlari yetib kelgan.

Yuk mashinasi kabinasining deformasiyasi tufayli haydovchining oyog‘i qisilib qolgan bo‘lib, qutqaruvchilar bir necha soniyada maxsus qutqaruv anjomlari yordamida haydovchi xavfsiz qutqarib olindi va kasalxonaga yetkazildi. Hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Shundan so‘ng FVV va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamkorligida yuk mashinasi xizmat ko‘rsatish stansiyasiga evakuasiya qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech