Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida yuk mashinasi bilan bog‘liq YTH oqibatlarini bartaraf etdilar

Hodisa kecha, 3-dekabr kuni soat 20:28 da “Qamchiq” dovonidan o‘tgan “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 197-kilometrida sodir bo‘lgan. “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan ko‘mir ortilgan “MAN” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilgan.

Voqea joyiga FVVning “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tezkorlik bilan yetib borib avtoxalokatga uchrab, turli darajada tan jarohati olgan haydovchi va uning sherigiga (ikkinchi haydovchi) o‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatildi. Malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun jabrlanganlar Angren markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech