Bugun, 4-fevral kuni soat 1:53 da A-373 avtomobil yo‘lining 227 kilometrida “Toshkent - Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Merсedes-Benz” rusumli yuk mashinasida yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga Boshqarma boshlig‘i H.Bobonov boshchiligida yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 2:28 da to‘liq bartaraf etilgan. Avtomashina yuk xonasida bo‘lgan mahsulotlarning asosiy qismi va haydovchining hayoti yong‘indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgannlar yo‘q.