FVV ogohlantiradi:
3 dekabr ob-havo o'zgaruvchan, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari bo'yicha ayrim joylarida mayda yomg'ir yog'ishi mumkin. Respublikamizning boshqa hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2*S sovuq - 3*S iliq, kunduzi 5–10*S iliq bo'ladi.

FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonidagi YTH oqibatlarini bartaraf etdilar

Hodisa 29 oktyabr kuni tongda “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 221-kilometrida sodir bo‘lgan. “ISUZU” yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi oqibatida ag‘darilgan.

Voqea joyiga "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan yetib borib, oyog‘idan yengil jarohati olgan haydovchining kasalxonaga yotqizilishiga yordam berishdi, so‘ngra YTH oqibatlarini bartaraf etishga kirishdilar.

Ayni paytda yuk mashinasining egasi kasalxonada va o‘zini yaxshi his qilmoqda.

                                                             Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech