Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida YTHga uchragan haydovchiga yordam ko‘rsatdilar

Bugun, 18-martga o‘tar kechasi va erta tonggacha “Qamchiq” dovonida qor yog‘ishi, ba'zi-ba'zida kuchli shamol esish holati kuzatildi. Ob-havoning injiqligi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi haydovchilarga qiyinchilik tug‘dirdi. Shu vaqt davomida FVV “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari avtomashinalarni qor uyumlaridan o‘tishida amaliy yordam ko‘rsatdilar.  

Soat 02:30 da dovon yo‘lining 195-kilometrida YTH sodir bo‘lib, qurilish materiallari ortilgan yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi. Qutqaruvchilar tomonidan qurilish materiallari boshqa  mashinaga yuklanib, shikastlangan yuk avtomobili maxsus texnika yordamida evakuasiya qilingan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech