Bugun, 26-yanvar kuni soat 10:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “Leсetti” rusumli avtomobil haydovchisi Chinoz tumanida yo‘lda xosil bo‘lgan muzlab qolgan ko‘lmak ustidan harakatlanishi natijasida muz yorilib, avtomashina o‘sha joyda qolib ketganligi to‘g‘risida xabar tushgan.
Zudlik bilan Chinoz tumani FV bo‘limi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, muz orasida qolib ketgan haydovchi, uning yo‘lovchisi hamda avtomashinasiga maxsus texnikalar yordamida amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.