Bugun, 6 sentyabr kuni soat 13:36da Samarqand shahar “Sartepo” dahasidagi 1-sonli ko‘p kvartirali uyning 70-xonadonida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushdi.
Voqea joyiga FVVning 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:46da yetib borib, yong‘in soat 14:25da o‘rab olingan va soat 14:41da to‘liq bartaraf etilgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qo‘shni xonadonlarga tarqalib ketishi oldi olindi.
Yong‘in natijasida xonadonning 35 kv.metr maydoni zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar yo‘q, hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab koladi.