Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari Samarqand viloyati Urgut tumanidagi kiyim-kechak bozorida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etdilar

Bugun, 24-dekabr kuni soat 09:10 da “Mergancha” MFY hududida joylashgan “Urgut kiyim-kechak” bozorining 6 ta do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasidan 6 ta yong‘in o‘chirish ekipaji zudlik bilan yetib borgan. Yong‘in soat 09:27 da qurshab olinib, 10:14 da to‘liq bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida do‘konlarning 100 kv.m maydoni yonib zararlangan. FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida voqea sodir bo‘lgan joydagi boshqa do‘konlarga yong‘in o‘tishining oldi olindi.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech