Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari Samarqand viloyatidagi restoranlardan birida yuz bergan yong‘inni bartaraf etdilar: qurbonlar bo‘lmagan

Yong‘in bugun, taxminan soat 11:00 larda, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Omonboy" mahallasida joylashgan restoranda sodir bo‘lgan. Mazkur vaziyat yuzasidan zudlik bilan FVV viloyat boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib kelgan. Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida binoning taxminan 200 kv.m. maydoni yong‘indan zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida to‘liq bartaraf etildi. Sodir bo‘lgan holatda jabrlangan va qurbonlar yo‘q

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech