Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari tomonidan kanalga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi

Kecha, 14-avgust kuni tahminan 15:30 larda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani “O‘rtaovul” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Toshkent” magistral kanaliga “Nexia-1” rusumli avtomobil haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotish oqibatida tushib ketganligi haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Ma'lum bo‘lishicha avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan va suvga tushishdan oldin tushib qolishga ulgirgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, suvda qidiruv-qutqaruv maxsus asbob-amjomlari va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech