FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

FVV qutqaruvchilari tomonidan Olmazor tumanidagi oshxonalardan birida yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 26 iyul kuni soat 13:14da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan “Zamondosh” oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Qisqa vaqt ichida Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 ta yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyga jalb etildi. Binoning taxminan 400 kv.metr maydoni yong‘indan zararlangan. Yong‘in soat 13:33da o‘rab olindi va soat 14:31 batamom o‘chirildi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib borgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech