Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari tomonidan “Qamchiq” dovonida yo‘l-transprot hodisasiga uchragan haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatildi

Kecha, 28-iyun kuni soat 04:39 da A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan 242 kmda “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishda yuksiz harakatlanib ketayotgan “Mersedes Benz” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan va qaychi shaklida to‘xtab qolgan. Avtomashinada haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari va YPX xodimlari yetib borgan. Qutqaruvchilar maxsus texnika yordamida yuk avtomashinasini yo‘l chetidagi xavfsiz hududga olib chiqib, haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatdi.

Hodisa oqibatida tan jaroxati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech