Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari tomonidan Shahrixonda kanalga tushib ketgan avtomobil chiqarib olindi

Hodisa, bugun, 28-yanvar kuni tongi soat 04:07 da Andijon viloyati Shahrixon tumani “Yangi Vahim” mahallasida sodir bo‘lgan. “Nexia 3” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida “Yangi Vahim” ko‘chasidan o‘tgan kanalga tushib ketgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga tuman yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus texnika hamda asbob-anjomlar yordamida avtomashina kanaldan olib chiqilgan. Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar yo‘q.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech