Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

FVV qutqaruvchilari tomonidan Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi

Kuni kecha, 4-dekabr kuni 3 nafar fuqaro Xo‘jakent qishlog‘i hududida joylashgan tog‘larga chiqish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga borishgan. Dengiz sathidan 1700 metr balandlikda sayohatchilardan birining sog'lig'i keskin yomonlashib qoladi. O‘zlari pastga tusha olmay, Toshkent viloyati FVBdan amaliy yordam so‘ragan. Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va sayohatchilarni pastga tushirishgan. Ularning ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli kasalxonaga yotqizilmagan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech